Rossiyada o‘zbeklardan batalon tuzishmoqchi. O‘zbekiston tomoni ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
09 avgust 2022
51785Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi rahbari vatandoshlarini rasmiy Moskvaga yordam berish uchun Ukrainadagi urushga jalb qilgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati izoh berib, mamlakat fuqarolaridan bunday da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘radi.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, “Markaziy Osiyo Perm o‘lkasi o‘zbeklari jamiyati” hududiy jamoat tashkiloti boshqaruvi raisi Jahongir Jalolov Ukrainadagi urushda Rossiyaga yordam berish uchun ko‘ngillilar batalonini tuzishni taklif qilgan.
“Men ko‘ngillilar batalonini tuzib, uni buyuk Amir Temur deb nomlashni taklif qilaman. Va Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya qilish va denatsifikatsiyalashtirish bo‘yicha "maxsus harbiy operatsiyasi"ni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi