Rossiyada o‘zbekistonliklar mushtlashdi. Ulardan biriga pichoq sanchilgan

3-sahifa

image

Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrining Nevskiy tumanida bo‘lib o‘tgan mojaroning sakkiz ishtirokchisi hibsga olingan, ulardan uch nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan. Ulardan biri pichoq bilan jarohat yetkazilgani sababli kasalxonada bo‘lib turibdi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.

Nashrga ma’lum bo‘lishicha, hodisa 5 yanvar kuni taxminan, tungi soat 1:00 da Karavayevskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan patrul xizmati xodimlari janjalning sakkiz ishtirokchisi, jumladan 33 yoshli ayolni hibsga olgan. Hibsga olinganlarning uchtasi Rossiyada vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishi tugagan O‘zbekiston fuqarolari, qolganlari asli kelib chiqishi Leningrad, Penza, Voronej va Velikiy Novgorod aholisi ekani ma’lum bo‘lgan. Janjalning to‘qqizinchi ishtirokchisi, O‘zbekiston fuqarosi pichoq bilan jarohat yetkazilgani sababli kasalxonada bo‘lib turibdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro yo‘l-transport hodisasi tufayli yuz bergan.

Barcha hibsga olinganlarga nisbatan mayda bezorilik protokollari tuzilgan. Uch o‘zbekistonlik Rossiya Federatsiyasida bo‘lish rejimini buzganlik uchun javobgarlikka tortiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing