Rossiyada o‘zbekistonliklar giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangani uchun qamaldi
Olam
−
26 Oktabr 2021
6161Rossiyaning Kirov viloyatida O‘zbekistonning ikki fuqarosi giyohvand modda savdosida ayblanib qamaldi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, o‘tgan yilning kuzida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxs bilan internet orqali kelishib, xilvat joyda sintetik giyohvandlik vositalarining ulgurji partiyasini noqonuniy ravishda sotib olgan.
U noqonuniy giyohvand modda savdosiga 28 yoshli akasini ham jalb qilgan. Ular guruh bo‘lib Kirov viloyatida noqonuniy giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan.
Qayd etilishicha, ular navbatdagi 40 gramm sintetik giyohvand moddani sotib olganida huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan ushlangan.
O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi”g” bandi va 228.1-moddasining 4-qismi bilan jinoyat ishi ochilgan.
Sud qarori bilan har O‘zbekiston fuqarolariga 6 yildan qamoq jazosi tayinlangan. Jazoni qat’iy rejimdagi koloniyada o‘tash belgilangan.
LiveBarchasi