Rossiyada o‘zbekistonlik yigit pichoqlab ketildi
Olam
−
06 yanvar 2022 9780 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanida joylashgan avtobus bekatida o‘zbekistonlik yigit pichoqlangan holda topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 yanvar kuni politsiyaga 23 yosh atrofidagi yigitning avtobus bekatida qonga belanib yotgani haqida xabar kelgan. Voqea joyiga yetib borgan tez yordam xizmati jabrlanuvchini Tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga olib borgan.
Shifokorlar o‘zbekistonlik yigitning ko‘krak qafasi va qorin sohasi kesilganini ma’lum qilgan. Yigitning shaxsiy buyumlari ichidan 31 yoshli Nikolay ismli shaxsning pasporti topilgan. U muhojirga hujum qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan.
Ta’kidlash kerak, bu Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklarning pichoqlab ketilgani bilan bog‘liq birinchi holat emas. Avval ham mazkur shaxardagi ko‘p qavatli uylardan birida 25 marta pichoqlangan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgan edi.
Live
Barchasi