Rossiyada o‘zbekistonlik tibbiy xodim 16 yoshli o‘smirni zo‘rlashda gumonlanmoqda
Olam
−
11 iyun 10045 1 daqiqa
Rossiya poytaxti Moskva shahridagi poliklinikada ishlovchi o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi (erkak) 16 yoshli o‘smir yigitga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda MK xabar berdi.
Ish materiallariga ko‘ra, tibbiy xodim yigit bilan elektrokardiogramma o‘tkazayotganda muolaja zarurligi bahonasida undan kiyimlarining bir qismini yechishni talab qilgan, shundan so‘ng u jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan.
Ushbu harakatni o‘smirning onasi va poliklinika ma’muriyati to‘xtatib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Gumonlanuvchi voqea joyida qo‘lga olingan. Tergov organlari uning harakatlarini Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi (jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bilan kvalifikatsiya qilgan. Ayblanuvchi hozir hibsda va 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida 35 yoshli o‘zbekistonlik erkak deyarli bir oy davomida 11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlaganlikda ayblanayotgani xabar qilingandi. Erkak qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Live
Barchasi