Rossiyada o‘zbekistonlik “shaurma” sotuvchisi 14 yoshli qizni zo‘rlashda ayblanib hibsga olindi 

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri janubida o‘zbekistonlik “shaurma” sotuvchisi zo‘rlashda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “78.ru” sayti huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 27 sentyabr kuni 34 yoshli ayol 28 yoshli o‘zbekistonlik erkak ustidan politsiyaga arz qilgan. Unga ko‘ra, 2007 yilda tug‘ilgan qizi joriy yilning 16 sentyabr kuni “Shaverma” kafesida sotuvchi tomonidan zo‘rlangan.

Politsiya zo‘rlashda gumon qilib, muhojirlik ro‘yxatida turmaydigan 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Hozirda erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Yaponiyaning Tokio shahrida o‘zbekistonlik yigit stadionda ayolni zo‘rlaganlikda ayblanib, hibsga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

670

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing