Rossiyada o‘zbekistonlik oilaning qizi batareyka yutib yuborib vafot etdi

3-sahifa

image

O‘zbekistonlik oilaning 2021 yilda tug‘ilgan bir qizi Sankt-Peterburgning 5-sonli bolalar shifoxonasida vafot etdi. Frunzensk tuman prokuraturasi va Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik oila joriy yilning yoz oylarida O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtida ularning farzandi qarovsiz qoldirilgani oqibatida batareykani yutib yuboradi. Keyin qizchaning ota-onasi shifokor do‘stiga murojaat qiladi. Shifokor laksatif ta’siriga ega dori vositasini ichishni tavsiya qilgan. 

Oila Sankt-Peterburgga kelgan va oylar o‘tib qizning ahvoli og‘irlashgach, ota-onasi 4 dekabr kuni shifokorga murojaat qilgan. Oradan uch hafta o‘tib, 26 dekabr kuni qizaloq 5-sonli bolalar shifoxonasida vafot etgan. 

Holat bo‘yicha Frunzensk tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv jarayonini boshlatilgan. O‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. 

“Bola tibbiy muassasada bo‘lganida operatsiya o‘tkazilib,  ning ichaklaridan batareyka olib tashlangan”, deyiladi prokuratura xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing