Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar huquqlari himoyachisi 14 yilga qamaldi

Olam

image

Rossiyada migrantlar huquqlari himoyachisi, o‘zbekistonlik Bahrom Hamroyev 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi Hamroyevni terrorizmni oqlash va terrorchilik faoliyatini tashkil etishda aybdor deb topgan. Sud jarayonida prokuror unga nisbatan 21 yillik qamoq jazosi berishni so‘ragan.

Hamroyev Rossiya Jinoyat kodeksining 205,2-moddasi 2-qismi (terrorizmni ommaviy oqlash) va 205,5-moddasining 1-qismi (Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq terrorchi deb topilgan tashkilot faoliyatini tashkil etish) bo‘yicha aybdor deb topilgan. Huquq himoyachisi o‘zini “Memorial” (xorijiy agentlik tashkiloti deb tasniflangan) va “Grajdanskoye sodeystviye” (xorijiy agentlik tashkiloti deb tasniflangan) tashkilotlari bilan hamkorlik qilishini tan olgan.

Tergov ma’lumotlarida Hamroyevning “Hizb ut-tahrir” terrorchi tashkiloti hamda O‘zbekistonda Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tmagan “Birlik” partiyasiga a’zo ekani qayd etilgan. Ayblanuvchining o‘zi bu da’volarni rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bahrom Hamroev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar