Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari keskin ortgani aytildi

Olam

image

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida Rossiya Federatsiyasiga xorijiy ishchi kuchi oqimi 2021 yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshdi. Bu haqda “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida Etnik ishlar bo‘yicha federal agentlik rahbari Igor Barinov ma’lum qildi. 

“2021 yilga nisbatan xorijiy ishchi kuchi oqimi 30 foizga oshdi, birinchi navbatda Markaziy Osiyo respublikalari vakillari, bular uchta sub’ekt – O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston, aslida migratsiya oqimining barcha hajmi shu sub’ektlar hissasiga to‘g‘ri keladi”, deyiladi xabarda.  

Barinovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Tojikiston va Qirg‘iziston bilan migratsiyadan oldingi tayyorgarlik markazlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolanadi.  

Etnik ishlar bo‘yicha federal agentlik rahbari, shuningdek, O‘zbekistonda ham shunday markaz faoliyat yuritayotganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

380

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing