Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga 15-qavatdan g‘isht tushib, vafot etdi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyati Pushkin tumanida o‘zbekistonlik ishchining boshiga 15-qavatdan g‘isht tushib ketdi. Oqibatda erkak voqea joyida xalok bulgan. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 11 fevral kuni soat taxminan 11:00 da Shkolnaya ko‘chasidagi qurilish ob’ektida sodir bo‘lgan. Qurilish materiallarini ko‘tarib ketayotgan 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosining boshiga 15 qavatdan g‘isht tushib ketgan. Erkak olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 

“Holat yuzasidan huquq-tartibot idorasi xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 yanvar kuni Rossiyaning Leningrad viloyatida Daewoo Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashib ketgan edi. Oqibatda 2 o‘zbekistonlik vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

515

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing