Rossiyadagi mudhish YTHda ikki o‘zbekistonlik vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 5 yanvar kuni Rossiyaning Leningrad viloyatida Daewoo Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 o‘zbekistonlik vafot etgan. Bu haqda “78.ru” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 5 yanvar kuni soat 19:23 da M-10 avtomagistralining 637-kilometrida sodir bo‘lgan. 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Daewoo Nexia avtomobili qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, Ford Transit rusumli tez yordam mashinasiga borib urilgan.

Oqibatda Nexia ichida bo‘lgan 31 yoshli yo‘lovchi voqea joyida, 27 yoshli yo‘lovchi esa shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Qurbonlarning ikkisi ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda. 

Tez yordam mashinasini boshqarib kelayotgan 45 yoshli haydovchi o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Nexia haydovchisi 2021 yilda ham yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ayni vaqtda u qo‘lga olinib, izolyatorga joylashtirilgan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing