Rossiyada o‘zbekistonlik erkak o‘gay qizini zo‘rlashda gumonlanmoqda
Olam
−
21 yanvar
4493Rossiyaning Moskva viloyatida 35 yoshli o‘zbekistonlik erkak deyarli bir oy davomida 11 yoshli o‘gay qizini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Moskovskiy komsomolets” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qizaloqning onasi erkak bilan to‘rt yil oldin bozorda ishlayotgan paytda tanishgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, erkak uning ishonchiga kirib, g‘amxo‘rlik va mehribonlik ko‘rsatgan, hamma ishda yordam bergan. Keyinchalik ular ayolning kvartirasida birga yashay boshlashgan. U yerda ayolning avvalgi turmushidan bo‘lgan 12 yoshli o‘g‘li, 7 yoshli qizi va uning qariya onasi ham yashagan. Bir yil o‘tib, ular birga qiz farzandli bo‘lgan. Erkak O‘zbekistonda qolgan oilasi va ikki nafar kichik bolasiga vaqti-vaqti bilan qurilishda ishlagan pullarini yuborib turgan.
So‘nggi vaqtlarda ayol qizining o‘zini g‘alati tutayotganini payqagan – u odatdagidan erta uxlashga yotib, dugonalari bilan muloqotdan qochib, “yopiq” bo‘lib qolgan. Yaqinda esa qiz onasiga SMS yozib, kechani qo‘shni kvartirada yashovchi otasining xonasida o‘tkazmoqchi ekanini, o‘gay otasi unga tegajog‘lik qilayotganini aytgan. Bu xabardan so‘ng ona qizi bilan suhbatlashib, vaziyatni bilib olgan – erkak uyda yolg‘iz qolgan paytda qizni zo‘rlagan va tahdid qilgan. Shu kuni ayol politsiyaga murojaat qilgan.
Hozirda erkak qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Leningrad viloyati Lomonosovskiy tumani Novosele qishlog‘ida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit 25 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlanib, qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi