Rossiyada o‘zbekistonlik erkak pichoqlab ketildi
3-sahifa
−
12 fevral
12013Rossiyadagi Sankt-Peterburg shahrining Kolpinskiy tumanidagi uydan o‘zbekistonlik erkak tomog‘i kesilgan holda topildi. Bu haqda “78.ru” nashri xabar berdi.
Politsiya Volxovstroyevskaya ko‘chasidagi mazkur baxtsiz hodisa haqida kecha, 11 fevralga o‘tar kechasi xabar topgan. 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Sud ekspertizasi uning tanasida ikkita pichoq jarohatini aniqlagan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchilarni qo‘lga olgan. Ular marhumning 40 yoshli hamyurtlari bo‘lib chiqqan. Ikkala erkak allaqachon politsiya bo‘limiga olib ketilgan.
Migrantlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi uchinchi qismi (chet el fuqarosi tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish yoki yashash tartibi qoidalarini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzildi. U yetti ming rublgacha jarima va mamlakatdan chiqarib yuborishni nazarda tutadi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi esa ayni paytda hal qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9 fevral kuni Rossiyaning Irkutsk shahrida 16 yildan beri qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi