Rossiyada o‘zbekistonlik ayol yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini daryoga tashlab yubordi

Jamiyat

image

Rossiyada yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini daryoga tashlab yuborgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 36 yoshli ayol bir hafta o‘tib qo‘lga olindi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, hozirda ismi sir tutilayotgan o‘zbekistonlik ayol joriy yilning 22 sentyabr kuni Rossiyaning Ijora qishlog‘idan oqib o‘tuvchi daryo sohilidagi butalar ichida qiz farzand dunyoga keltirgan va uni yelim paketga solib, daryoga tashlab yuborgan. Chaqaloqning murdasi suv havzalarini tozalovchi kompaniya xodimi tomonidan topilgan va politsiyaga xabar berilgan. Shundan so‘ng, Tergov qo‘mitasi tomonidan “Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘z onasi tomonidan o‘ldirilishi” bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Bugun, 30 sentyabr kuni bir haftalik qidiruvdan so‘ng 36 yoshli o‘zbekistonlik migrant ayol Ijora qishlog‘idagi Pavlovskaya ko‘chasida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ayni damda hibsga olingan ayol 2019 yilning iyul oyida Rossiyaga kelgan, ammo migratsion reyestrda ro‘yxatdan o‘tmagan. 2020 yilning o‘rtalarida esa ayol Kolpinskiy sudi tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish rejimini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Samarqandda uy sotib olish uchun voyaga yetmagan bolasini 6 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamalgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

970

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing