Rossiyada o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilib ketildi

Olam

image

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha o‘ldirilib ketildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgdagi Pulkovskoye shossesi 14-uydagi turarjoy majmuasi qo‘riqchisi xonadonlaridan birida o‘ldirilgan ayolning jasadini topgan. Topilgan jasad haqida politsiyaga xabar berilgan. Jinoyat qidiruv xodimlari voqea joyida hali migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadini ko‘rgan va unda ko‘plab pichoq jarohatlari aniqlangan.

Ushbu fakt asosida Tergov qo‘mitasi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyadagi o‘rmondan o‘zbekistonlik migrantning qoldiqlari topilgandi.

Madina Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made