Rossiyada o‘zbekistonlik ayol qamaldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyada asli o‘zbekistonlik ayol o‘z o‘g‘lini joniga qasd qilishga undagani uchun sakkiz yilga qamaldi. Bu haqda rus ommaviy axborot vositalari yozmoqda. 

Ayol 110-modda (Qo‘rqitish, shafqatsiz munosabatda bo‘lish va jabrlanuvchining insoniy qadr-qimmatini muntazam kamsitish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilishga undash) va 156-modda (Voyaga yetmaganni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bo‘yicha aybdor deb topilgan. U jazoni umumiy rejimdagi koloniyada o‘taydi.

Qayd etilishicha, 2019 yildan beri ayol bolasining ko‘z o‘ngida muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, uni kaltaklagan va kamsitgan. Bundan tashqari, u ota-onalik majburiyatlarini bajarmagan: o‘smir to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, oddiy kiyimdan, madaniy tadbirlar, dam olishdan mahrum bo‘lgan, tibbiy yordam olish imkoniyatiga ham ega bo‘lmagan. 

O‘tgan yilning 25 iyun kuni Kolpino shahrida mast ayol o‘z o‘g‘lini kaltaklab, behayo so‘zlar bilan haqoratlagan, oqibatda  o‘smir o‘z joniga qasd qilgan.

Ushbu oilaning doimiy uy-joyi bo‘lmagan, ular ijarada yashab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing