Rossiyada O‘zbekistondan olib kelingan mevalarda virus aniqlandi
Olam
−
14 Sentabr 2021
10821O‘zbekistondan Rossiyaga olib borilgan tuksiz shaftolilarda (nektarin) zamburug‘li kasallik aniqlandi. Bu haqda Rossiyaning veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) xabar berdi.
Shu munosabat bilan Rosselxoznadzor O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan mevalar yetkazib berish masalasida muzokara o‘tkazgan.
“Rossiya tomoni O‘zbekiston nektarin partiyalarida YeOIIga a’zo davlatlar uchun karantin bo‘lgan zamburug‘li kasallik – qo‘ng‘ir monilioz chirish (Monilinia fructicola) aniqlaganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ilgari bu karantin ob’ekti o‘zbek mevalarida aniqlanmagan.
Rossiya tomoni tekshiruv o‘tkazish, tuksiz shaftolilarning kelib chiqishini aniqlash va faqat “toza” hududlarda yetishtirilgan mevalarni yetkazib berishga chaqirgan.
Rosselxoznadzor ta’kidlashicha, qo‘ng‘ir monilioz chirish kasalligi nafaqat danakli mevalarga, balki po‘chog‘li urug‘i bo‘lgan ekinlariga ham ta’sir qiladi - bularning hammasini O‘zbekiston tomoni sinchkovlik bilan tekshirib chiqishi kerak.
“Muloqotning yana bir masalasi - o‘zbek mahsulotlarida sharqiy mevaxo‘r kapalaklar (Grapholitha molesta Busck.) aniqlanishi bo‘ldi. O‘zbekiston tomoni mahsulotlarda bu hasharot haqida import qiluvchi davlatlardan kelgan xabarlar sonining ko‘payganini tasdiqladi, uni tarqalishini oldini olish bo‘yicha dasturga tuzatish kiritish rejalashtirilgan”, deb qo‘shimcha qilgan idorada.
LiveBarchasi