Rossiyada O‘zbekistondan import qilingan makkajo‘xorini yeganlarda botulizm aniqlandi

Salomatlik

image

Krasnoyarsk o‘lkasining uch nafar fuqarosi botulizmning dastlabki tashxisi bilan zaharlandi. Bunga O‘zbekistondan keltirilgan makkajo‘xori sabab bo‘lgan. Bu haqda Rospotrebnadzor xabar xabar berdi

Mutaxassislarning aniqlashicha, jabrlanganlar A.I.M-SHAMSHOD  (O‘zbekiston) tomonidan ishlab chiqarilgan vakuumli o‘ramda (450 gr) qaynatilgan makkajo‘xori iste’mol qilgan.

Mahsulot Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk, Kemerovo va Omsk viloyatlari, Oltoy o‘lkasi, Xakasiya Respublikasi, Buryatiya Respublikasi va Trans-Baykal o‘lkasiga yetkazib berilgani aniqlangan. 

Do‘konlarga jo‘natilgan barcha mahsulotlar qaytarib olinadi va musodara qilinadi. Import qiluvchi rejadan tashqari tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

“Agar siz to‘satdan bu makkajo‘xori sotib olgan bo‘lsangiz, hech qanday holatda uni yemang!”, deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilishicha, vaziyat Rospotrebnadzorning qattiq nazorati ostida qolmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing