Rossiyada O‘zbekiston kunlari tashkil etildi
Jamiyat
−
06 aprel 2019
3437Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan Rossiyaning Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetiga akadem mobillik dasturi bo‘yicha 10 talaba hamda 3 nafar professor-o‘qituvchi yuborilgan.
Ular tomonidan Nijniy Novgorodda O‘zbekiston madaniyati kunlari va Navro‘z bayrami tashkil etildi.
Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti rektori B.Jigalev o‘zbekistonlik mehmonlarni qutlab, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mustahkamlanib borayotganini, ularni yanada yuqori bosqichga olib chiqishda bu kabi tadbirlarning ham munosib o‘rni borligini ta’kidladi.
Tadbirda Nijniy Novgorod viloyati O‘zbeklar uyushmasining raisi Qudratxon Mansurov ham ishtirok etdi. O‘zbek milliy hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi, milliy taomlarga boy bayramona o‘zbek dasturxoni yozildi.