Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.I. jasadi topilgani haqidagi OAVda tarqalgan ma’lumot tasdig‘ini topdi deya xabar beradi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriligi.

Xabar qilinishicha, shu yilning 3 sentabr kuni M.I. Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumanidagi qurilish maydonchasida balandlikdan qulash natijasida vafot etgan.

Fojiali voqea yuzasidan Bosh konsulxona Leningrad viloyati huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Hozirda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish masalasi hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkin: +7-965-029-41-49.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing