Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi traktor bosib ketishi oqibatida vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 16 may kuni Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Lomonosov tuman markaziy shifoxonasida traktor urib ketgan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 16 may kuni tushda Nizino qishlog‘ining Kutuzov ko‘chasida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik erkak tos va pastki suyaklarining og‘ir jarohati, o‘ng son suyagining ikkala shoxining yopiq sinishi, o‘ng son suyagining yopiq sinishi, o‘ng yonbosh tomirlari va sonning chuqur tomirlarining travmatik yorilishi, travmatik shok bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlarga uning o‘zi traktor ostiga tushib ketganini aytgan. 

Soat 15:30 da erkak olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda. Marhum hech qayerda ishlamagan, migratsiya ro‘yxatida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing