Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qurolli hujumga uchradi
3-sahifa
−
20 fevral
13161Sankt-Peterburgdagi Viborg shossesida yollanma qotil O‘zbekiston fuqarosining boshiga “Makarov” nomli o‘qotar quroldan o‘q uzib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy shtab-kvartirasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, peterburglik advokatning haydovchisi bo‘lib ishlagan 41 yoshli Rustambek Aldayev O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. U boshlig‘ining ikki farzandini qora rangli Toyota Camry rusumli mashinasida gimnaziyaga olib kelgan paytda hujumga uchragan.
Mazkur holat yuzasidan odam o‘ldirishga urinish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, unga zarur yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda.
Otishma haydovchini bolalarning otasi bilan adashtirgani sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin. Qotil qidiruvga berilgan, voqea joyida politsiya xodimlari “Makarov” to‘pponchasidan 9 mm kalibrli 1 dona gilza topgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburg shahrining Kolpinskiy tumanidagi uydan o‘zbekistonlik erkak tomog‘i kesilgan holda topilgan edi.
LiveBarchasi