Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ommaviy zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Tolyatti shahrida O‘zbekistonning 23 fuqarosi zaharlandi, ulardan 13 nafari shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Rossiyaning Samara viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Tolyatti shahar markaziy okrugi prokurori Ramis Sabirzyanov Tupikoviy proyezd, 3 manzilida joylashgan yotoqxonada yashovchi O‘zbekiston fuqarolarining ommaviy zaharlanishi munosabati bilan tekshiruv o‘tkazdi”, deyiladi xabarda.

Prokuratura zaharlanish alomatlari 23 kishida qayd etilganini, ulardan 13 nafari Tolyattining 5-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilganini aytdi. Jabrlanganlarning ahvoli qoniqarli, deb baholanmoqda. Qurbonlar orasida bolalar yo‘qligi qayd etilgan.

Xabarga ko‘ra, chet el fuqarolari uchun turar joy, shuningdek ovqatlanish vaqtida xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonuniyligi baholanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

852

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing