Rossiyada o‘ynaydigan o‘zbekistonlik futbolchilar soni ko‘paydi
Sport
−
19 noyabr 2022 11489 1 daqiqa
Toshkentning “Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev faoliyatini Rossiyaning “Rubin” klubida davom ettiradi. Bu haqda Qozon klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“U avgustda jamoamiz bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekkan edi. Uning “Bunyodkor” bilan amaldagi kelishuvi 31 dekabrda nihoyasiga yetadi. Qozonga xush kelibsan, Umar!", deyiladi klub bayonotida.
Avvalroq, “qaldirg‘ochlar” Rahmonaliyev transferidan 1 million dollar foyda ko‘rishi ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 19 yoshli futbolchi “Bunyodkor” klubi safida 21 ta bahsda maydonga tushib, yettita gol urdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust