Rossiyada terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
Olam
−
01 iyul 2020
10698Kecha, 30 iyun kuni Saxalin sudi o‘zbekistonlik shaxsni terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha jinoiy ishni ko‘rib chiqdi va aybdorni to‘qqiz yilga qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni Saxalin viloyati prokuraturasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Sud 2018 yil oktyabr-dekabr oylarida o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxs Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan xalqaro terrorchilik tashkilotini moliyalashtirish uchun Uglegorsk tumanidagi (Saxalin) elektron bank hisob raqamiga bog‘langan telefon raqamiga to‘lov terminallari yordamida pul o‘tkazmalarini amalga oshirganini aniqladi", deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Birinchi Sharqiy okrug harbiy sudi ushbu shaxsni terrorizmni moliyalashtirish shaklida terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda aybdor deb topgan. Unga nisbatan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan va u jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
Ta’kidlanishicha, hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.
LiveBarchasi