Rossiyada terrorchilarni moliyalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Olam

image

O‘zbekistonning ikki fuqarosi “Katiba Tavhid val-Jihod” terrorchilik tashkilotini moliyalashtirishda ayblanib, Tomsk va Novosibirsk viloyatlarida qo‘lga olingan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari Suriyada moliyalashtirish tashkilotchisini qidirmoqda.

“Hayat Tahrir ash-Shom” tarkibiga kiruvchi “Katiba Tavhid val-Jihod” terroristik guruhini moliyalashtirish bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan olib borilgan tekshiruv natijasida Novosibirsk va Tomsk viloyatlarida jangarilarning ehtiyojlari uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida uyushma tashkil qilgan O‘zbekiston fuqarolari hibsga olindi”, deyiladi xavfsizlik xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

506

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing