Rossiyada tayyorlangan vaksina 12 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Olam

image

Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina joriy yilning 12 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu haqda Federatsiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Gridnev ma’lum qildi. 

Koronavirusga qarshi vaksinatsiya dastlabki bosqichda tibbiyot xodimlari va mamlakatning keksa yoshdagi aholisiga qilinadi.

" Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan vaksina 12 avgustda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Hozirda oxirgi, uchinchi bosqich ustida ish olib borilmoqda. Uning sinovlari – o‘ta muhim. Biz vaksina xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Birinchi galda tibbiyot xodimlari va keksa yoshdagi kishilar emlanadi", deb aytgan Gridnev Ufada onkomarkaz korpusi ochilishida.

Gridnevning aytishicha, preparatning samaradorligiga aholida ommaviy immunitet shakllanganiga qarab baho berish mumkin bo‘ladi.

Joriy oy boshida Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirus vaksinasi sinovlari yakunlanganini ma’lum qilib, ommaviy emlash oktyabr oyida o‘tkazilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vaktsina

Baholaganlar

457

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing