Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi chiqdi
Olam
−
11:32
9774Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi uylardan birining yerto‘lasidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi bo‘lgan sumka topildi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 9 dekabr kuni kechqurun Sedova ko‘chasidagi 70-uyning xonadonida janjal paytida yigit qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan, so‘ng uning jasadini yo‘l sumkasiga solib, uni olib ketgan. Shundan so‘ng, jasadni Olga Berggols ko‘chasidagi 19-sonli uyning podvalida tuproq bilan ko‘mib tashlagan.
Jasadning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Ayol noyabr oyi boshida 24 yoshli dugonasi bilan ishlash uchun Sankt-Peterburgga kelgan.
Qotil deb taxmin qilingan shaxs jinoyat sodir etilgan kunning ertasiga Sankt-Peterburgdan uchib ketgan.
Qayd etilishicha, marhum ayolning ukasi O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga 31 yoshli opasi aloqaga chiqmay qo‘ygani to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Rossiyada o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha o‘ldirilib ketilgandi. Sankt-Peterburgdagi Pulkovskoye shossesi 14-uydagi turarjoy majmuasi qo‘riqchisi xonadonlaridan birida o‘ldirilgan ayolning jasadini topgan.