Rossiyada sovuqda yo‘lda qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi
Olam
−
25 fevral 10393 1 daqiqa
Kecha, 24 fevralga o‘tar kechasi Rossiyaning Oltoy o‘lkasida qutqaruvchilar tomonidan sovuqda yo‘lda qolib ketgan 5 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oltoy o‘lkasi bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular Biysk shahridan O‘zbekistonga yo‘l olgan, biroq mashina Rebrixa tumanidagi A-321 avtomobil yo‘lida buzilib qolgan.
Xabar kelib tushgach, ularga 81-yong‘in-qutqaruv qismi xodimlari yordamga bortgan. Bo‘linma komandiri Aleksandr Gardt voqea joyiga tezkor yetib borib, jabrlanganlarni Rebrixa qishlog‘idagi isitish punktiga evakuatsiya qilgan.
18-otryad boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Sayenkoning ma’lum qilishicha, qutqarilganlarga tibbiy yordam kerak bo‘lmagan. Ularni olib ketish va avtomobilni ta’mirlash uchun qarindoshlari Novosibirsk shahridan yo‘lga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qor bo‘ronida qolib ketgan uch nafar o‘zbekistonlikni qutqargandi.
Live
Barchasi