Rossiyada saylov: Putin partiyasi ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritdi

Olam

image

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Rossiya Davlat dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Yakuniy protokollarning 100 foizini qayta ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, hukmron “Yagona Rossiya” partiyasi 49,82 foiz ovoz to‘plab, yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi sayti xabar bergan.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (18,93 foiz), Liberal-demokratik partiya (7,55 foiz), “Adolatli Rossiya – haqiqat tomonida” (7,46 foiz) va “Yangi odamlar” (5,32 foiz), umumiy hisobda beshta partiyaning barchasi Davlat Dumasiga kirish uchun besh foizlik to‘siqni yengib o‘tgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi nomzodlari to‘qqiz saylov okrugida g‘alaba qozongan, uchinchi o‘rindan joy olgan “Adolatli Rossiya – haqiqat tomonida” nomzodlari sakkizta okrugda yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham "Yagona Rossiya" partiyasi vakili hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing