Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar Vataniga qaytarildi
Jamiyat
−
17 iyul 2021
4533O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan salomatligi yomonlashib, qiyin ahvolda qolgan S.X. ismli fuqaro Novosibirsk – Toshkent aviareysi orqali Vatanga qaytarildi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bundan tashqari yana bir o‘zbekistonlik — Novosibirsk shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotgan hamda ishga yaroqsiz holatga kelib qolgan U.S. ismli fuqaro Novosibirsk – Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.
Ma’lum qilinishicha, U.S. bir necha yillar ilgari Novosibirsk shahridagi chorvachilik fermer xo‘jaligida ishlash maqsadida kelgan va ayni paytda salomatligi yomonlashgan. Shu bilan birga hujjatlarini ham yo‘qotgan.
Xabarga ko‘ra, u vaqtincha turar joy bilan ta’minlangan hamda unga “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirilib berilgan.
LiveBarchasi