Rossiyada safarbarlikning ikkinchi to‘lqini bo‘ladimi? So‘z Peskovga
Olam
−
12 Oktabr 2022
8337Rossiyada safarbarlikning yangi to‘lqini amalga oshirilmaydi. Bu haqda bugun, 12 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Gap shundaki, Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev o‘zining Telegram-kanalida mintaqaga yangi safarbarlik topshirig‘i tushganini ma’lum qilib, uning amalga oshirilishi allaqachon boshlanganini ma’lum qilgan edi.
Shundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda "ikkinchi safarbarlik to‘lqini" haqida xabarlar tarqala boshladi.
“Yangi mobilizatsiya to‘lqini yo‘q. Bu yerda ular nimani nazarda tutayotganini har bir gubernator bilan aniqlab olish kerak”, deydi Kreml vakili bunga javoban.
Shuningdek, u safarbarlik tizimi faoliyatidagi xato va kamchiliklarni hamma payqaganini, endilikda bu mexanizmni tartibga keltirish choralari ko‘rilishini aytdi.
"Ushbu tizimning ishlashidagi ba’zi xato va kamchiliklarni nafaqat mutaxassislar, balki hamma ham sezdi", deydi u.
Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning agar hozirgi vaziyat bo‘lmaganida bu sohadagi muammolar e’tibordan chetda qolar edi, degan so‘zlariga e’tibor qaratgan.
"Shuning uchun, albatta, endi bu tizimni tartibga solish choralari ko‘riladi", deya qo‘shimcha qilgan matbuot kotib.
Shu bilan birga, Peskov ushbu tizimni takomillashtirish "maxsus operatsiya" doirasida safarbarlikni davom ettirish bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan.
"Har qanday davlatda, har qanday vaziyat yuzaga kelganda samarali safarbarlik tizimi bo‘lishi kerak. Bu safarbarlikni davom ettirish bilan bog‘liq emas. Bu shunchaki, bu tizimni tartibga solish zarurligi bilan bog‘liq", deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ixtisosligi bo‘yicha rezervga chaqiriladi.
LiveBarchasi