Rossiyada ota-onasiz qolgan 19 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Kecha, 25 iyul kuni Rossiyada ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qarovsiz, nazoratsiz qolib ketgan va yordamga muhtoj bo‘lgan 19 nafar bolalar tegishli mutasaddi idoralar hamkorligida O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha bir nechta idora vakillaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Rossiyaning turli shaharlarida bolalar qayerda saqlanayotgani, ularning salomatligi qay ahvolda ekanini aniqlab, kerakli hujjatlarni to‘plagan. Safar davomida qabul qilib olingan bolalarning har biri SSV xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va vatanga olib kelingan.

Ushbu jarayonda Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil M.A. Lvova-Belova bilan muloqotda bo‘lib ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan bolalarni, O‘zbekistonga uyushgan holda olib chiqishga ko‘maklashish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Rossiya tomoni bolalarni vaqtincha joylashtirish masalasida ko‘mak bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing