Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 yoshli qizcha O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat
−
17 may 3350 1 daqiqa
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir voyaga yetmagan 2 yoshli qiz kecha, 16 may kuni Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi N.G. ismli ayolning murojaati kelib tushgan. Murojaatda voyaga yetmagan, 2023 yilda tug‘ilgan D.R. ismli nevarasining otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotgani sababli ularning 2 yoshli farzandi Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgani, hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanini bildirib, nevarasini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha amaliy ko‘mak so‘ragan.
Shundan so‘ng, Bolalar ombudsmani, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi Bosh konsulligi vakillari bilan hamkorlikda bolani O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Bosh konsullik sa’y-harakatlari bilan bolaning onasi ham farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan va murakkab vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi joriy yilning 14 aprel kuni ortga qaytarilgandi.
Live
Barchasi