Rossiyada “omicron”ning yanada yuqumli turi aniqlandi
Olam
−
03 fevral 2022
11223Rossiyada umumiy variantdan ko‘ra yuqumli hisoblangan BA.2 “omicron” koronavirus shtammi aniqlandi. Hozirgacha 200 dan ortiq odam shtammning yangi turi bilan kasallangan. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati rahbari Anna Popova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BA.2 bilan kasallanish holatlari Moskva, Mari El va Boshqirdiston respublikalari, shuningdek, Rostov viloyatida aniqlangan.
“Bugungi kunga kelib, Rossiya milliy ma’lumotlar bazasiga 80 875 ta genomik ketma-ketlik yuklangan, ulardan 8 239 tasi omikron genovariantidir. Shuni ta’kidlashni istardimki, biz vaziyatning keyingi rivojlanishini va ushbu variantdagi mutatsiyalarni diqqat bilan kuzatib boramiz. Bugun men hisobot bermoqchiman, BA.2 liniyasida 253 bemor bor, bu 3 foiz. BA.3 liniyasi Rossiya Federatsiyasi hududida aniqlanmagan”, degan Popova.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, qator davlatlarda BA.2 liniyasining yanada yuqumli ekani haqida axborotlar berilgan.
Umuman olganda, bugungi kunga qadar Rossiyaning 83 ta hududida 15 287 ta holatda “omicron”ga chalinish tasdiqlangan.
LiveBarchasi