Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolganlar O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

−

image

Rossiyaning Vladivostok shahrida moddiy qiyinchilikka duch kelgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan A.M., K.M., Ya.N. va V.A. ismli fuqarolar og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan. Ularga amaliy yordam ko‘rsatilib, Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachiptalar xarid qilingan.

Natijada ularning kecha, 13 oktyabr kuni amalga oshirilgan “Vladivostok – Toshkent” yo‘nalishidagi reys orqali O‘zbekistonga qaytishi ta’minlangan.

Bildirilishicha, ularga og‘ir hayotiy vaziyatda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilib, qonuniy manfaatlari himoya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning janubida mehnat faoliyati davomida og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik fuqaro D.U. mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing