Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan ayol 3 farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol uch nafar farzandi bilan ortga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, elchixonaning konsullik bo‘limiga O‘zbekiston fuqarosi A.S. tomonidan murojaat kelib tushgan. U 15 yildan ortiq vaqt davomida Rossiyada qonuniy maqomsiz yashab kelgani, hujjatlari va moliyaviy imkoniyatlari yo‘qligi sababli farzandlari uchun munosib sharoit yarata olmayotganini bildirib, O‘zbekistonga qaytishda amaliy yordam so‘ragan.

Ma’lum qilinishicha, konsullik bo‘limi xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari natijasida Rossiyaning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ayolning uch nafar farzandi uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda konsullik yig‘imlari undirilmagan holda qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi ko‘magida ayol va uning farzandlari uchun Moskva – Urganch yo‘nalishiga aviachiptalar xarid qilinib, ularning Vatanga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing