Rossiyada narkotik sotgan o‘zbekistonlik ayol 8 yilga qamaldi

Olam

image

Rossiyaning Saratov viloyatida katta miqdordagi giyohvand moddalarni sotishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Chetvyortaya Vlast” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning bahorida sudlanuvchi noma’lum shaxs bilan til biriktirib, Moskva viloyatida 210,5 gramm og‘irlikdagi geroinning ulgurji partiyasini olgan. Shundan so‘ng, ularni qismlarga bo‘lib taqsimlagan va Balashovdagi Sofinskaya ko‘chasining turli joylariga yashirgan. Keyinchalik esa huquq-tartibot idoralari xodimlari uni payqab qolgan va yashirishga ulgurmagan 204,6 gramm giyohvand modda bilan qo‘lga olgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, ayol boshqa odamlarning bank kartalaridan foydalangan holda tovarlarni sotish uchun olingan pulni o‘z ehtiyojlari yo‘lida sarflab yuborgan. Ayblanuvchi 200 ming rubl miqdordagi summani qonuniylashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur fuqaro Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni umumiy rejimli koloniyada o‘tash belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada sintetik narkotik sotgan o‘zbekistonlik 23 yoshli yigit sud tomonidan qattiq tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi. Erkakning yashash joyida tintuv o‘tkazilganda 300 gramm giyohvandlik moddasi topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat narkotik o'zbekistonlik ayol Saratov viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing