Rossiyada nafaqaxo‘rlar rekord darajada kamaydi. Bunga sabab nima?
Olam
−
14 fevral
141562023 yilda rossiyalik nafaqaxo‘rlar soni 700 ming kishiga kamaydi. Kadrlar taqchilligi fonida yil oxirida ishlaydigan pensionerlar soni ham keskin o‘sdi. Bu haqda RBK nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya Ijtimoiy jamg‘armasida ro‘yxatga olingan nafaqaxo‘rlar soni yil davomida 699,9 ming kishiga kamayib, 41,075 million kishini tashkil etgan.
Pensiya oluvchilar sonining yillik qisqarish sur’ati 2022 yilga nisbatan uch baravarga tezlashgan, bu 1990 yillarning boshidan beri mutlaq antirekord natijani qayd etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘rsatkich Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tergov qo‘mitasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi pensiya oluvchilarni qamrab olmagan.
"Gap faqat Ijtimoiy jamg‘armada ro‘yxatga olingan nafaqaxo‘rlar soni haqida bormoqda", deyiladi xabarda.
Jamg‘arma 2023 yilda nafaqaxo‘rlar sonining 1,13 million kishiga, asosan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisi hisobiga 42,9 million kishiga ko‘payishini bashorat qilgan edi. Biroq, joriy ma’lumotlar Ijtimoiy jamg‘arma tomonidan yangi hududlar hisobga olmagan holda taqdim etilgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi