Rossiyada muhojirlarga beriladigan patentga yangi band kiritiladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Ichki ishlar vazirligi patent olish uchun ariza shaklini ish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kelgan xorijiy fuqaroning tashrifi to‘g‘risida xabar berishni nazarda tutuvchi yangi band bilan to‘ldirishni taklif qilmoqda. Bu haqda departament Matbuot markazida ma’lum qilingan.

Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi tomonidan buyruq loyihasi tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan. Unda patentni ro‘yxatdan o‘tkazish, uni qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish yoki patentdagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish munosabati bilan berilgan talabnomalar shakliga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.

Hujjat "Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida" Federal qonunining 1-moddasi 11-bandi "a" kichik bandining ikkinchi xatboshisini va ayrim qonun hujjatlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. 

“Shu asosda, buyruq loyihasi Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda kelgan chet el fuqarosini tashrif maqsadini o‘zgartirish to‘g‘risida xabardor qilishni nazarda tutuvchi patent arizasi shaklini qo‘shishni nazarda tutadi”, deyiladi xabarda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida migrantlarining mehnati uchun 1 milliondan ortiq patent berilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167 mingtaga ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

572

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing