Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgan ayol farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgan o‘zbekistonlik ayol 3 yoshli farzandi bilan mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ona va bolaning mamlakatga qaytishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borgan.

Ma’lum qilinishicha, ayol Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgan. Shu sababli, uning 3 yoshli farzandi Novosibirskdagi Bolalar uyiga joylashtirilgan.

Diplomatlar zarur hujjatlarni, jumladan, mamlakatga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirgan. Shuningdek, bolaning onasi saqlanayotgan Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbariyati bilan muzokaralar olib borilgan.

Konsullik rasmiyatchiliklari yakunlangach, bola diplomatlar hamrohligida Novosibirsk aeroportiga olib kelingan. U yerda ona va bola diydorlashib, birgalikda O‘zbekistonga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning turli hududlarida ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining 12 nafar voyaga yetmagan farzandi ortga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing