Rossiyada migrantlarga soxta COVID-19 “spravkasini“ pullayotgan guruh ushlandi

Olam

0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur guruh pandemiya sababli joriy etilgan mavjud cheklovlar sharoitida chet el fuqarolarini mamlakat hududiga olib kirish uchun asos sifatida foydalanish maqsadida soxta tibbiy hujjatlarni tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qo‘lga olishda 1000dan ortiq PZR (Polimeraza zanjiri reaksiyasi – tahr.) ma’lumotnomasining bo‘sh blanklari, 400dan ortiq to‘ldirilgan chaqiruv-ma’lumotnomalari, 3 mln rubldan ortiq miqdordagi Rossiya va xorijiy valyuta, shuningdek, soxta hujjatlarni sotib olmoqchi bo‘lgan chet ellik mijozlar ma’lumotlari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing