Rossiyada migrantlarga qo‘yilgan ayrim talablar yengillashtirildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga mehnat migrantlariga oid bir nechta o‘zgarishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

RF qonunchiligidagi migrantlarga oid o‘zgarishlar:

•  patentga ega yoki RFda ta’lim olayotgan chet el fuqarosi voyaga yetmagan farzandlari vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishi mumkin;

•  "vizasiz" mamlakatlar fuqarolari (O‘zbekiston fuqarolari ham) RFdan chiqmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun migratsiya kartasidagi tashrif maqsadini o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun IIV Migratsiya boshqarmasiga bildirishnoma bilan murojaat qilish kerak. Tashrif maqsadini patentga ariza berishda darhol "ish"ga o‘zgartirish mumkin. 

•  agar chet el fuqarosi STIR (INN)ga ega bo‘lsa va uni arizada ko‘rsatgan bo‘lsa, patent olish uchun arizani ko‘rib chiqish muddati 5 ish kunidan oshmaydi. STIR (INN) bo‘lmasa, bu muddat 10 ish kunini tashkil qiladi;

•  Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan chet el fuqarolari yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak;

•  kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet el fuqarolari ishlashi mumkin;

•  vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilingan taqdirda, chet el fuqarosi 15 kun ichida RF hududidan chiqib ketishi kerak.

Ushbu o‘zgarishlar 2022 yil 14 iyuldan kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

992

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing