Rossiyada eng ko‘p jinoyatni qaysi davlatlardan kelgan migrantlar sodir etayotgani aytildi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

Olam

image

Rossiyada o‘tgan yili migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar qariyb 6 foizga oshib, 36,4 mingtani tashkil qildi. Eng ko‘p jinoyat Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari fuqarolari tomonidan sodir etilgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar bergan.

“Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 36,4 mingta jinoyat sodir etilgan. Bu 2020 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 5,9 foizga ko‘pdir”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jinoyatlarning 78,3 foizi, ya’ni 28,5 mingtasi MDH mamlakatlari fuqarolari tomonidan sodir etilgan. Shu bilan birga, 2021 yil statistikasida hisoblash usuli o‘zgartirilgan. Endi Ukraina fuqarolari MDH davlatlari jinoyatchilari toifasiga kiritilmagan.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilda Rossiyada xorijliklar 34,4 ming jinoyat sodir etgan, bu 2019 yilga nisbatan 1,5 foizga kam. MDH mamlakatlari fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ulushi o‘sha paytda 89,6 foizni tashkil etgan (bunda ukrainaliklar ham hisobga olingan).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Migratsiya federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov Rossiyada 2022 yil oxirigacha migrantlar uchun raqamli IT-karta joriy qilinishida haqida ma’lum qilgandi. 

Keyinchalik esa o‘tgan yilning 29 dekabridan boshlab Rossiyaga kelganlar OIV, giyohvand moddalar va bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha testlardan o‘tishi shartligi, barcha tibbiy ma’lumotnomalarni 3 oy ichida Ichki ishlar vazirligiga topshirishi va  xorijliklar mamlakatda 90 kundan ortiq qolmoqchi bo‘lsa, kirgan kundan boshlab 90 kun ichida suratga tushishi va barmoq izlarini topshirishi kerakligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing