Rossiyada maktab direktori va ota-onalar o‘rtasida o‘zbek tili yuzasidan mojaro kelib chiqdi
Jamiyat
−
28 Sentabr
28424Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi 7-maktabda janjal kelib chiqdi. Bir necha ota-onalar sinflardan birida olti nafar o‘zbek o‘quvchisi deyarli rus tilida gaplashmasligidan g‘azablangan. Ular maktab direktoriga bu haqda shikoyat qilganda, direktor ota-onalarga o‘zbek tilini o‘rganishini maslahat bergan. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi.
Ushbu voqea mahalliy aholi orasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Xususan, ota-onalardan biri antimigrantlik pozitsiyasi bilan tanilgan “Russkaya obina” tashkilotiga murojaat qilib, direktor bolalarining sinf rahbari va ota-onalarga o‘zbek tilini o‘rganishni tavsiya qilgani haqida shikoyat bildirgan.
Nashr shu maktabda farzandi o‘qiydigan onalardan biri bilan suhbat qilgan.
“Men sinfda rus tilini yaxshi bilmaydigan bolalar bo‘lganda ta’lim jarayoni qanchalik qiyinlashishini yaxshi tushunaman. Bu jiddiy muammo, uni tez hal qilib bo‘lmaydi, chunki mamlakatda qonuniy yashaydigan barcha bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Ular maktabga qabul qilinmaydigan holat bo‘lishi mumkin emas. Albatta, bir sinfda shuncha ko‘p bola bo‘lmasligi kerak edi, ammo ehtimol boshqacha yo‘l topilmagan. Bu yerda direktorning aybi ham bo‘lishi mumkin, men buni aniq bilmayman”, degan u.
Shuningdek, ayol yig‘ilishda qatnashgan tanishlari bu holatda direktorning so‘zlarini kontekstdan chiqarib olganini aytgan. Uning aytishicha, direktor Lyudmila Nikolayevna, shunchaki, ota-onalarni migrant bolalarning holatini tushunishga chaqirgan, chunki ular uchun begona tilda o‘qish juda qiyin. Shuning uchun sho‘xlik qilib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zbek tilidan bir necha so‘z o‘rganish mumkinligini aytgan.
“So‘nggi vaqtlarda migrantlar bilan mojarolar ko‘proq yuzaga kelmoqda, ularning ba’zan tajovuzkor bo‘lishi haqiqat. Lekin, shaxsan menimcha, buning sababi mahalliy aholi tomonidan ochiqchasiga yoqtirmaslik va dushmanlikdir. Bu holatda maktab direktori vaziyatni yumshatishga harakat qilgan”, deydi u.
LiveBarchasi