Rossiyada madhiya ijrosi vaqtida o‘rnidan turmagan deputat chaqiruv qog‘ozi oldi
Olam
−
15 mart 2023
9281Rossiya madhiyasi ijrosi chog‘ida o‘rnidan turmagani uchun tanqid qilingan Maloyaroslavetskiy tuman majlisi deputati Aleksandr Lependin harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozi oldi. Bu haqda “Kalujskiye novosti” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, deputat Lependin go‘yoki ma’lumotlarni tekshirish uchun harbiy komissarlikka chaqirilgan.
Lependin joriy yilning fevral oyida Maloyaroslavetskiy tumani rahbarining hisobotida Rossiya madhiyasi ijrosiga e’tibor bermagani uchun parlament etikasi komissiyasiga taklif qilingan. Deputat bu xatti-harakatini mashg‘ulot tufayli charchoq bilan izohlab, kuchini yo‘qotganini aytgan.
Ta’kidlanishicha, Lependinning bu ishi majlisda katta janjal keltirib chiqargan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, deputat tadbirda turishi kerak bo‘lgan.
Keyinchalik Lependinning hamkasblari uning bu ishini ahmoqlik deb atagan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 17-, 10-moddasiga muvofiq davlat ramzidan rasmiy foydalanish tartibini buzganlik uchun jarimaga tortilishi taxmin qilinmoqda.
LiveBarchasi