Rossiyada ko‘p funksiyali razvedkachi-robot ixtiro qilindi
Texnologiya
−
02 dekabr 2022
5319Rossiyadagi Harbiy logistika akademiyasi mutaxassislari ko‘p funksiyali razvedkachi-robot loyihasini ishlab chiqdi. Robot haqida Rospatent saytidagi hujjatda ma’lumot berilgan.
Ushbu robot texnik razvedka, hududni minalardan tozalash, yaradorlarni evakuatsiya qilish, dronlarni uchirish va zaryadlash imkoniga ega. Kompleks masofadan boshqarish pulti orqali yoki avtonom ishlashi mumkin.
Robotning asosiy vazifasi qurollar va joylarni razvedka qilish, ta’mirlash hamda yaradorlarni evakuatsiya qilishdan iborat.
Dronning akkumulyatori robotga qo‘nganidan so‘ng platformaning pastki qismida joylashgan magnit kontaktlarni va dron oyoqlarini birlashtirib, doimiy ravishda quvvatlanadi.
Mazkur ishlanmaning dolzarbligini asoslab, olimlar Rossiya razvedka robotlarining shunga o‘xshash loyihalari bir qator kamchiliklarga ega ekanligini ta’kidlagan. Ular uchuvchisiz uchish apparatlari bilan jihozlanmagan yoki dronlar uchun zaryadlovchi qurilmalari yo‘q, ular uchirilgandan keyin qayta qo‘nish imkoniyatini ta’minlamaydi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi