Rossiyada kriptovalyuta butunlay taqiqlanmoqda
Olam
−
21 yanvar 2022
5642Rossiya Markaziy banki mamalakat bo‘ylab mayning va kriptovalyuta faoliyati uchun taqiq qo‘ymoqchi.
Kecha, 20 yanvar kuni Markaziy bank Federatsiya hududi bo‘ylab kriptovalyuta va mayning faoliyatini butunlay cheklash nazarda tutilgan dokladni e’lon qilgan.
Bildirilishicha, kriptovalyuta bilan bog‘liq faoliyatlar oqibatida Rossiya moliya bozori tahdid ostida qolib, juda katta zarar ko‘rmoqda.
Tobora moliyaviy piramidalar ko‘rinishini olayotgan kriptovalyutalar sabab mamlakat birja fondi hakerlar hujumi qurboniga aylanmoqda. Birja fondi zarar ko‘rishi oqibatida esa fuqarolar mol-mulki va kiritgan investitsiyasidan ajrab qolmoqda.
Bundan tashqari, aholining mislsiz ravishda kriptovolyutalarni sotib olishi Rossiya mablag‘larining chetga chiqib ketishi va rublning tobora qadrsizlanib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Rossiya kriptovalyutalar mayningi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallamoqda.
“Bloomberg” agentligining xabariga ko‘ra, Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullinaning kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalarga qarshi to‘liq taqiq joriy etish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlagan.
Rossiyada kriptovalyutaning taqiqlanishiga yana bir sabab sifatida, so‘nggi paytlarda mamlakatdagi hukumatga qarshi muxolifat sanalgan tashkilotlarning aynan kriptovolyutalar hisobidan moliyalashtirilgani bildirilmoqda.
“Bloomberg” agentligining ma’lum qilishichicha, hozirda Federatsiya bo‘ylab kriptovolyutaga ega bo‘lgan 17 million aholining qo‘lida 7 trillion rubl miqdoridagi aktivlar mavjud.
Bildirilishicha, ushbu mablag‘lar orasida mamlakatdagi muxolifatni moliylashtirish uchun sarflangan summa uncha katta emas, ammo, Federal xavfsizlik xizmati (FSB) kelajakda ushbu ko‘rsatkich oshib ketishidan xavotirda.
Shu o‘rinda, Markaziy bank rossiyaliklarga raqamli aktivlarni saqlash va ularning xorijiy saytlardagi savdosini taqiqlashni rejalashtirmagani aytilmoqda.
Behruz Saidov
LiveBarchasi