Rossiyada KXSHT mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Olam

image

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida 12-16 avgust kunlari KXSHTning tezkor harakat kollektiv kuchlari maxsus kuchlari “Kobalt-2024”  mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg‘ulotlarning birinchi bosqichida KXSHT maxsus bo‘linmalari jangovar tayyorgarlik vazifalarini hal qiladi, tezkor shtab esa maxsus operatsiyani rejalashtirish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonning manfaatdor vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etadi.

KXSHTga a’zo davlatlarning maxsus kuchlari jangovar harakatlarga yaqin sharoitlarda jinoiy guruhlar, terrorchi guruhlar va narkotik moddalar kontrabandasini zararsizlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik va ko‘nikmalarni mashq qiladi.

Ikkinchi bosqichda taktik o‘q otish bo‘yicha musobaqalar va tezkor jangovar guruhlarning amaliy harakatlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Novosibirsk KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made