Rossiyada qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 23 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish maydonida halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy mintaqalararo mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Dobrolyubov prospektida, Rossiya Oliy sudi va Oliy sud huzuridagi sud departamenti binosini qurish jarayonida 23 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qurilish “lesa”sida ishlayotganida 15 metr balandlikdan qulab tushib, voqea joyida vafot etgan. Aniqlanishicha, halok bo‘lgan ishchi va qurilish kompaniyasi o‘rtasida rasmiy mehnat hujjatlari mavjud bo‘lmagan.

Shimoli-g‘arbiy mintaqalararo mehnat inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Olga Kazanskayaning so‘zlariga ko‘ra, hodisaning ehtimoliy sabablari ishchining shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmagani, jamoaviy himoya vositalarining yo‘qligi va balandlikda ishlarni qoniqarsiz tashkil etish bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi, Kuraginskiy tumanidagi konda 30 yoshli o‘zbekistonlik erkak tog‘ massasi bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya Dobrolyubov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing